Samvel Babayan: Juda ham g‘alati gollar o‘tkazib yuboryapmiz

  • 1 oktabr, 2019, 21:20
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 21-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" hamda "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi (1:1) o‘yindan so‘ng "temiryo‘lchilar" ustozi Samvel Babayan bellashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Bugun ikki jamoa vakillari ham g‘alaba uchun o‘ynashdi. Ikkinchi o‘rin uchun ayni damda kurash juda qizg‘in kechmoqda. O‘yin ham anchagina qiziqarli bo‘ldi. Afsuski ketma-ket duranglar qayd etyapmiz, juda g‘alati gollar o‘tkazib yuboryapmiz, ko‘plab imkoniyatlardan foydalana olmayapmiz. Qilayotgan mehnatlarimiz ertami kechmi o‘z foydasini beradi. Bunday qiyin holatda yigitlar kuchni birlashtirib, ishlashda davom etishlari kerak. Futbolchilar bugun qiyin o‘yinda oxirigacha harakat qilishganlari uchun rahmat aytmoqchiman. Urilgan goldan keyin ham hujumkorlikni susaytirishmadi. Bugungi o‘yinni tomosha qilganlar, albatta, bundan zavq olishdi deb o‘ylayman.

“Qizilqum”ning yo‘qqotadigan hech narsasi yo‘q. Ularning tarkibida yosh bolalar emas, etarlicha tajribaga ega bo‘lgan futbolchilar o‘ynaydi. Shuningdek, legionerlarning saviyasi ham unchalik yomon emas. Ularning sifatini yaxshi baholay olgandik. O‘tgan uy o‘yinida 10 kishi bo‘lib, ular “Nasaf”ga mag‘lub bo‘lishmadi. Shunday ajoyib jamoasi bor “Qizilqum” qanday qilib, so‘nggi pog‘onada yurganiga tushuna olmadim", - deb Babayanning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dilshod Muratov
01/10/2019 21:46
Xalq qargishi urgani un omad kemayabdi janob Babayan.
Абдусамат Жураев
01/10/2019 21:35
Баба аут
&
Surxon turon
03/10/2019 09:15
Бабада ор номус бегона
&
Surxon turon
03/10/2019 09:15
Бабада ор номус бегона
Расулжон Тоштемиров
02/10/2019 20:36
Бабаян узингни ос мард булсанг
Низомтой Эргашев
01/10/2019 22:50
Тотализатор бу уйин аник