
Samvel Babayan: "Men qaerda bo‘lsam, o‘sha jamoa har doim chempionlik uchun kurashadi"
O‘zbekiston Superligasi 26-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - AGMK uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
"Lochinlar" safida uch golni Iskanderov, Abdumannopov va Jokich kiritdi. "Konchilar"ning yagona goli Mirahmadov nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Navbahor" ochkolari sonini 53 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt 2-pog‘onadan joy egalladi.
Quyida "lochinlar" ustozi Samvel Babayanning o‘yindan keyingi fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
- Bugun qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Bizdan muxlislar qiziqarli va hujumkor futbol kutishdi va biz ularga kutilganini taqdim eta oldik. Bunaqa intrigali mavsum Superliga tarixida bo‘lmagan.
- Bu kabi intrigaga sabab - "Navbahor". "Lochinlar" qaytdi. Holis aytadigan bo‘lsak, biz kubokda ham ichki chempionatda ham munosib kurashdi.
- Men qaerda bo‘lsam, jamoa har doim chempionlik uchun kurashadi. Shu sababli, rahbariyatda muvaffaqiyat uchun katta ishtiyoq bor. Agar oldimda bu vazifa tursa, shartnomamni uzaytiraman.
- To‘g‘risini aytsam, yirik hisobdagi g‘alaba men uchun muammo emas. Biroq men uchun eng muhimi - muxlislarning xursand bo‘lishi.
- Biz bir ichida Superligada ham Kubokda ham g‘olib bo‘lishimiz mumkin edi? Shundaymi? Men sizlarga ayta olaman, shunday.
Fikrlar