Samvel Babayan "Navbahor"dagi shogirdini jamoasiga olib kelmoqchi
Namanganning "Navbahor" jamoasi futbolchisi faoliyatini Toshkent klubida davom ettirishi mumkin.
"Sports.uz"ga ma’lum bo‘lishicha, "lochinlar" markaziy ximoyachisi - Filip Ivanovich "Lokomotiv"ning birinchi nishoniga aylandi. Samvel Babayan sobiq shogirdini jamoada ko‘rmoqchi.
Agar Namangan klubi asosiy futbolchilarni ushlab qolmaslikka qaror qila, jamoani birinchi bo‘lib Ivanovich tark etishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchi joriy mavsum Superligada 21 uchrashuvda ishtirok etib, 2 bora raqiblari darvozasini ishg‘ol etdi.



Fikrlar