
Samvel Babayan OChLdagi bahs oldidan muxlislarga murojaat qildi
Superliga 20-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Turon" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar yirik, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdang so‘ng “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi va g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bugun shuncha g‘alabasiz seriyamizdan keyin yutmaslikning iloji yo‘q edi. So‘nggi o‘yinlarda charchoq va boshqa sabablarga ko‘ra chempionatdagi raqiblarimizga juda ko‘p ochkolar sovg‘a qilib yubordik. Shu bois, bugun g‘alaba qozonishimiz shart edi. Yigitlarga o‘yin uchun rahmat. Muxlislarga esa alohida rahmat.
“Jamoamiz muxlislariga OChLdagi bahsda stadionga kelib bizni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman. Jamoaga kelganimda OChLda ishtirok etishimizni niyat qilgandim. Mana, niyatimizga erishdik. Bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishadi deb umid qilaman”, dedi "lochinlar" ustozi.
Fikrlar