Sanches qanday qilib MYu safida bir yilda 25 mln funt ishlab olishi mumkin?

  • 12 may, 2018, 18:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hamshahari “Manchester Siti”ni ortda qoldirish uchun chililik hujumchi Aleksis Sanchesga juda katta bonuslar va’da qilgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Sanches MYu bilan shartnomaga imzo chekkanining o‘ziga 6,7 mln funt bonus olgan. Bundan tashqari kelishuvga ko‘ra uning ayni damdagi haftalik maoshi 391 ming funtni tashkil etadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki Sanches bir yilda 20,35 mln funt maosh ishlab topadi.

Bundan tashqari Aleksisga har bir o‘tkazgan o‘yini uchun yana 75 ming funt beriladi. Agar jamoa mavsum yakunida EChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa qo‘shimcha 1,1 mln bonusga ega bo‘ladi. Agar u mavsum davomida “gol+pas” tizimi bo‘yicha 40 ochko to‘plasa hisobiga yana qo‘shimcha 2 mln funt kelib tushadi.

Agar MYu Chempionlar ligasida zafar quchsa Sanchesga 1 mln funt beriladi. Bordiyu jamoa APLda g‘olib chiqsa, buning ortidan yana 500 ming funt ishlab olishi mumkin.

Shu tariqa Sanches “Manchester Yunayted”da bir mavsum davomida 25 mln funt mablag‘ qo‘lga kiritishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Chili terma jamoasi a’zosi MYu safiga qishki transferlar davrida “Arsenal”dan Genrix Mxitaryan evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!