Sancho “Manchester Yunayted”dan ketadi. Muzokara barbod bo‘ldi

  • 15 sentabr, 2023, 07:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag va hujumkor futbolchi Jeydon Sancho o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan edi.

Tecno

Ma’lumki, niderlandiyalik murabbiy futbolchi mashg‘ulotlarda yaxshi ishlamayotgani uchun uni o‘yin qaydnomasiga kiritmaganini aytgan. Sancho esa, o‘zini boshqa sabablar tufayli o‘yinga qo‘shishmayotganini iddao qildi.

Klub rahbariyati ikki tomonni kelishtirish maqsadida uchrashuv tashkil qildi. Daily Star nashrining ma’lum qilishicha, muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlagan.

Endi Jeydon Sancho yanvarda jamoani tark etmoqchi.

23 yoshli futbolchi 2021 yili “Borussiya Dortmund”dan 73 million funtga transfer qilinganidan beri 82 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 12 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!