Sancho MYu uchun 250 mln evroga tushishi mumkin edi

  • 6 oktabr, 2020, 20:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

MYu nima sababdan Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Jeydon Sanchoni sotib olishdan bosh tortgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

"The Guardian" nashrining xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" angliyalik vunderkindning umumiy xarajatlari taxminan 250 million evroni tashkil qiladi, deb hisoblagan. Ushbu mablag‘ "Borussiya"ga to‘lashdan tashqari, agent uchun to‘lanadigan haq va futbolchining maoshini ham o‘z ichiga oladi. Mankuniyaliklar koronavirus tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz sharoitida buncha pulni to‘lashga qodir emas.

Shunga o‘xshash sabablarga ko‘ra, "qizil iblislar" yanvar oyida Erling Holandni sotib olishdan voz kechgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!