Sancho ortga qaytmasligi mumkin. Sababi...

“Manchester Yunayted” rahbariyati yarim himoyachi Jeydon Sancho joriy mavsum yakunida jamoani tark etishini kutmoqda, deb yozadi The Telegraph.

Manbaning xabariga ko‘ra, 24 yoshli angliyalik futbolchi uning transferi borasida kelishuvga erishilgan taqdirda, yozda boshqa klubga ketadi.

2024 yilning yanvarida Sancho mavsum oxiriga qadar "Manchester Yunayted"dan sobiq jamoasi "Borussiya Dortmund"ga ijaraga o‘tgan edi. U bu mavsum jami 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Sanchoni 25 million evroga baholamoqda.

OAV malumotlariga ko‘ra, "Borussiya" Sanchoni sotib olmoqchi, biroq "qizil iblislar" uning uchun so‘ragan 40 million funt sterlingni (46,6 million evro) to‘lashga tayyor emas.

34-turdan so‘ng «Manchester Yunayted» 54 ochko bilan APLda 6-o‘rinni egallab turibdi. Chempionatda “Arsenal” etakchilik qilmoqda (80 ochko).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!