
Sanchoning muammolari faqat Ten Xag bilan emas!
"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sanchoning bosh murabbiy Erik ten Xag bilan munosabatlari keskinlashgan. Jurnalist Mark Ogdenning so‘zlariga ko‘ra, ingliz futbolchisi jamoadoshlari bilan ham muammolarga duch kelmoqda.
Erik ten Xag ommaviy ravishda Sanchoni yomon munosabatda bo‘lganlikda ayblaganidan so‘ng, futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda post qo‘yib, murabbiyni yolg‘onchilikda aybladi. Manbaga ko‘ra, Jeydonning bu qilmishi "Manchester Yunayted" kiyinish xonasida norozilikka sabab bo‘lgan. Endi Sancho nafaqat murabbiyning ishonchini, balki jamoadoshlari bilan munosabatlarini ham qaytarishi kerak.
Sancho "Al-Ittifoq"ga ijaraga o‘tishi mumkin edi, ammo klublar ijara shartlari bo‘yicha kelisha olishmadi.
Fikrlar