
Sanjar Fayziev va Humoyun Sultonovning raqibi aniq bo‘ldi
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan erkaklar o‘rtasida "Shymkent Open" musobaqasining asosiy to‘r bahslariga qur’a tashlandi.
Unga ko‘ra, ilk davrada hayurtimiz Humoyun Sultonov shveytsariyalik Rikardo Maiga bilan raqobatlashadigan bo‘ldi. Yana bir vakilimiz Sanjar Fayziev esa ukrainalik Vladislav Manafov bilan ikkinchi bosqich yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi.
Shuningdek, mazkur musobaqada yosh tennischilarimizdan San’atillo Qutiboev, Sharobiddin Abzalov va Gregoriy Korobeynikov saralash bosqichida ishtirok etmoqda .
Fikrlar