
Sanjar Tursunovning jamoasi o‘z darvozasidan 8 ta to‘p olib chiqdi
Bugun Qatar Yulduzlar ligasida 8-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Sanjar Tursunov faoliyat olib boradigan “Al-Xaritiyat” jamoasi safarda “Al-Duxail”ga qarshi bahs olib bordi.
Gollarga boy tarzda kechgan qarama-qarshilikda mezbonlar 8:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Tursunov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Qatar Yulduzlar ligasi. 8-tur
“Al-Duxail” – “Al-Xaritiyat” 8:2.
Fikrlar