"Santos" prezidenti: Neymar "Barselona"dan ketib xato qilgan. Endi u "Real"ni rad etmasligi kerak
"Santos" klubi prezidenti Xose Karlos Peres ayni damda PSJda to‘p surayotgan jamoaning sobiq hujumchisi Neymarni "Real"ga o‘tishiga umid qilmoqda.
“Neymar “Real” futbolchisiga aylanadi deb umid qilaman. Bu uning uchun eng zo‘r variant bo‘ladi. Neymar “Barselona”dan ketib xato qilgandi. U PSJda hech qanday natijaga erishmadi.
Men “Real” muxlisiman. Bu klub juda yaxshi ishlaydi. Agar Neymarda bu erga o‘tish imkoniyati paydo bo‘lgan bo‘lsa, u buni o‘ylab ko‘rishi kerak”, - deydi Peres.
O‘z navbatida “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres ham Neymarni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda.

Fikrlar