"Santos" rahbariyati murabbiyni ishdan oldi, biroq, futbolchilar uni qaytarishni talab qilishdi

  • 21 oktabr, 2017, 10:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyaning "Santos" klubi bosh murabbiyi Levir Kulpi juma kuni iste’foga chiqarilgan edi. Biroq, oradan ko‘p o‘tmay darhol yana o‘z lavozimiga qaytarildi.

Tecno

Globo Esporte nashrining ma’lum qilishicha, ustozining ishdan bo‘shatilganini eshitgan futbolchilar o‘sha zahotiyoq klub prezidentining oldiga borishgan va Kulpining amaldagi shartnomasi yakuniga qadar jamoada ishlashini talab qilishgan. Shundan so‘ng prezident 64 yoshli mutaxassisni yana o‘z lavozimiga qaytarishga majbur bo‘lgan.

Qayd etish kerakki, uning “Santos” bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning dekabrida o‘z nihoyasiga etadi.

Ma’lumot uchun, “Santos” ayni damda Braziliya chempionatida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!