Sardor klub uni haydamagunicha ketmaydi!

  • 15 dekabr, 2024, 15:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” sardori Danilo yanvarda klubdan ketishi mumkinligi haqida tarqatilayotgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

Evropa matbuoti 33 yoshli futbolchi Turin klubini tark etib, faoliyatini “Napoli”da davom ettirishini yozmoqda.

- Hech qachon jamoadan ketishni xohlamaganman. “Yuventus”dan shartnomamni bekor qilishni so‘ramaganman. Matbuotda yozilayotganlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Ha, yanvarda “Yuventus”dan ketishim mumkin.  Lekin buning uchun klub meni o‘z safida ko‘rishni istamayotganini aytishi kerak. Mening “Yuventus” bilan aloqam necha daqiqa o‘ynayotganimga qarab baholanmaydi.

Men klubga va bosh murabbiyga yordam berish uchun doim shu erda bo‘laman, - dedi Danilo.

Braziliyalik markaziy himoyachi 2019 yildan beri “Yuventus”da to‘p tepyapti. Ilgari u o‘z yurtida “Amerika”, “Santos”, Evropada esa, “Portu”, “Real” va “Manchester Siti” kabi klublarda o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!