
Sardor Mirzaev: Bo‘sh stadionda o‘ynash? Superliga o‘yinlari orqali bunga o‘rganib qolganmiz
"Ertaga chiroyli o‘yin bo‘lishiga ishonaman. G‘alaba bizga suv va havodek zarur. Oldimizdagi uy o‘yinning ikkitasi o‘z maydonimizda bo‘ladi. Shuning uchun ham OChL guruh bosqichini yuqori notada yakunlamoqchimiz. Maqsadimiz Guruhdan chiqish. Ertaga g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
To‘g‘risini aytsam, chempionatimiz orqali bunga o‘rganib qolganmiz. Vodiylarga borsak, ko‘plab muxlislar tushadi o‘yinga. Saudiyadagi o‘yin esa g‘alati bo‘ldi. Muxlislarsiz o‘yin tempi juda past bo‘ldi deb o‘ylayman. Baribir futbol muxlislari bilan go‘zal", - dedi Mirzaev.
Fikrlar