
Sardor Rashidovning yangi jamoasidagi faoliyati qachondan boshlanishi ma’lum
“Paxtakor”dan Qatarning “Umm Salal” klubiga transfer qilingan Sardor Rashidovning yangi jamoasiga qachon qo‘shilishi ma’lum bo‘ldi.
Ayni paytda Toshkentda bo‘lib turgan futbolchimizning Sports.uz muxbiriga aytishicha, 27 iyun, dushanba kuni Dubay orqali Qatarga yo‘l oladi. “Umm Salal” chempionatga tayyorgarlik rejasini allaqachon ishlab chiqqan bo‘lib, Turkiyada ikki haftalik yig‘in ham tashkillashtiriladi. Unga ko‘ra, Rashidov Qatarga etib borgach, “Umm Salal” bilan Turkiyaga yo‘l oladi.
Qatar Yulduzlar ligasi 1 avgustda boshlanadi. “Umm Salal” dastlabki o‘yinini “Al-Ahli”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar
пахтакорга номигагина вактинча келибдида янги таклиф тушгунча