Sardor uchun "Milan" ham kurashga qo‘shildi

  • 31 may, 2020, 14:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi "Zenit" forvardi Sardor Azmunni o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra 25 yoshli eronlik futbolchi “rossonerilar”ning short-listidan joy olgan. "Milan" bu borada Azmun uchun asosiy da’vogar hisoblangan "Napoli" bilan raqobat olib borishiga to‘g‘ri keladi.

Ammo, "Milan"ning hujumchi borasidagi asosiy nishoni baribir "Real" forvardi Luka Yovich hisoblanadi.

“Zenit” Azmun uchun 30 mln evro talab qilmoqda. U joriy mavsum 45 ta o‘yinda maydonga tushdi va 26 ta gol hamda 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!