
Sarri: Morata o‘ziga kelib olishi uchun 2-3 ta gol kiritishi kerak
"Ingliz jamoalari uchun Evropa ligasida o‘ynash bir qancha qiyinchiliklarni tug‘diradi. Italiyada men bugungi o‘yindan so‘ng chempionatdagi bellashuvni dushanbaga ko‘chira olgan bo‘lar edim. Angliyada esa boshqacha, biz 63 soatdan so‘ng yana bir o‘yin o‘tkazishimiz kerak.
Hozir o‘tkazilgan olti o‘yindan so‘ng muammo emas, ammo kelgusida bu borada vaziyat biroz murakkablashadi. Umid qilamanki, biz pley-off masalasini bir necha tur oldin hal etamiz.
Morata o‘ziga kelib olishi uchun ikki-uchta gol kiritishi kerak. Men unga ishonch bag‘ishlay olmayman. Bugun ham unda uch-to‘rtta vaziyat bo‘ldi, ammo foydalana olmadi. Umid qilamanki, unga kelajakda yordam qila olaman, lekin ishonchni gollar orqali ortga qaytarish mumkin", - dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar