Sarri yangi haftada "Yuventus" bosh murabbiyi sifatida e’lon qilinadi
Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati bosh murabbiy Mauritsio Sarrini “Yuventus”ga qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 60 yoshli italiyalik mutaxassis yangi haftada “keksa sinora” boshqaruviga tayinlanadi.
Biroq, hozircha “aristokratlar” Sarri uchun turinliklardan qancha tovon puli talab qilishayotgani ma’lum emas. Bundan avvalroq esa “Chelsi” uning uchun 5 mln evro tovon puli so‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Sarri boshqaruvidagi "Chelsi" o‘tgan bir yil ichida APLda 3-o‘rinni egalladi va Evropa ligasida g‘olib chiqdi.

Fikrlar