Sarri yulduzlar bilan kelisha olmayapti

  • 2 iyul, 2020, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Abel Shaver “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va bosh murabbiy Mauritsio Sarri munosabatlarida muammo yuz berganini oshkor qildi.

Tecno

- Keyingi paytda ikkisi o‘rtasida muammo yuzaga kelgan. Murabbiy o‘yinchilarga nisbatan qattiqqo‘lligini namoyish qilmoqchi bo‘lyapti. U futbolchilarga o‘z g‘oyalarini singdirmoqchi. Futbolchilar buni to‘g‘ri qabul qilib, birlashishi kerak, - dedi Shaver.

Ayrim mutaxassislar Mauritsio Sarri jamoaning yulduz futbolchilariga gap o‘tkaza olmayotganligini ta’kidlashayotgan edi. Murabbiy bilan munosabati yaxshi bo‘lmagan o‘yinchilardan biri Miralem Pyanich “Barselona”ga o‘tib ketdi. Ronaldu ham mavsum yakunida jamoadan ketishi mumkinligi haqida turli ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!