
Sarri "Yuventus"ga kelsa Manjukich ketishi mumkin
Evropa manbalariga ko‘ra, "Yuventus" yozgi transfer oynasida 33 yoshli hujumchi Mario Manjukichga bo‘ladigan takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor.
"Yuventus" bosh murabbiylik bo‘sh ish o‘rnini Mauritsio Sarri egallashi mumkin. Bu holat Gonsalo Iguainni "Yuventus"ga qaytarish ehtimolini oshiradi.
Iguain "Chelsi"da tugagan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida o‘tkazdi. Angliyada, Iguainga aynan Sarri boshchilik qilgan edi. Sarri Italiyaga "Yuventus" bosh murabbiyi bo‘lib qaytishi haqiqatga yaqinroq. Mauritsio Iguainni asosiy hujumchi sifatida ko‘rmoqda. Nisbatan Marioning asosiy tarkibga kirish imkoniyat pastroq deya baholanmoqda.
2018/19 mavsumda Manjukich "Yuventus"da barcha musobaqalarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urgan, Iguain esa, "Chelsi"da 18 ta o‘yinda 5 marta gol urgan.
Fikrlar