Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi natijaga ob-havoning ta’siri, Ektor Kuper, nega ko‘proq yugurishi kerakligi va boshqalar haqida gapirdi

  • 13 noyabr, 2019, 17:05
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Tecno

Bugun o‘sha bellashuv oldidan jamoalar vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda mehmonlar ustozi Erve Nenar va darvozabon Muhammad Alovays ishtirok etdi.

Evre Nenar: - Bizni ertaga juda muhim o‘yin kutmoqda. Oxirgi natijalar tufayli o‘yinning qiymati yuqori. Falastinga qarshi bo‘lganidek yaxshi o‘yin ko‘rsatishga intilamiz.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyoda o‘z o‘rniga ega. Doim ularga qarshi o‘ynash qiyinchilik tug‘dirgan. Men Marokashni boshqarganimda bu jamoaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazganmiz. O‘shanda g‘alaba qozongan bo‘lsakda, qiyin o‘yin bo‘lgandi. Chunki jamoa safida kuchli futbolchilar bor edi.

Falastinga qarshi safarda o‘ynash qiyin. O‘zbekistonning Falastinga qarshi o‘yinini kuzatganman. Jamoa yaxshi taassurot qoldirgandi. Ektor Kuperni ham yaxshi bilaman, juda kuchli murabbiy. Lekin hozir ertangi raqibimizda o‘zgarishlar bo‘lgan. Oxirgi o‘yinlarda g‘alaba qozonmoqda.

Ertangi o‘yinda ob-havo sal muammo tug‘dirishi mumkin. Biz bunday sharoitda o‘ynashga o‘rganmaganmiz. Lekin biz buni bahona qilmaymiz. Bitta narsani aytish kerakki, bu jamoalarning o‘zaro javob o‘yini yozda bo‘ladi. Bu paytda Saudiyada ancha issiq bo‘ladi. Bu esa O‘zbekiston milliy terma jamoasiga muammo tug‘dirishi mumkin.

Afrika va Osiyo qit’asini taqqoslashda bitta jihatga qarash kifoya. U ham bo‘lsa qit’alar vakillarining jahon chempionatlarda ishtirok etgani. Misol uchun Saudiya Arabistoni oxirgi mundialda Misrni mag‘lubiyatga uchratgan. Misr Afrika qit’asi chempioni. Bu esa Saudiya Arabistoni qanchalik kuchli ekanligini ko‘rsatadi. Lekin hozir biz JChdan ancha yiroqdamiz. Muhim o‘yinlar kutmoqda. Lekin ertaga sovuq havo bo‘ladi. Shuning uchun biz ko‘proq yugurishimiz kerak.

Osiyo qit’asidagi darajalarning darajasi yildan-yilga tenglashib bormoqda. Shuning uchun tasodifiy natijadan ajablanib bo‘lmaydi.

Guruhimizdagi har bir jamoaning o‘yinlarini kuzataman. Albatta, O‘zbekiston milliy terma jamoasini va undagi o‘zgarishlarni kuzatganmiz. O‘z navbatida yangilangan O‘zbekiston terma jamoasiga qarshilik ko‘rsatishga tayyormiz. Yangi murabbiyning o‘yin uslubini qisqa muddatda ko‘rish qiyin. Buning uchun vaqt kerak.

Muhammad Alovays: - O‘yinning ahamiyati yuqoriligining sababi guruhda birinchi o‘rinni olgan jamoa keyingi bosqichga chiqadi. Biz esa ikkinchi o‘rinni olishni istamaymiz. Chunki 2-pog‘onani band etgan jamoaning taqdiri boshqalarning natijalariga bog‘liq bo‘lib qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Muhammad Rahmatillaev
13/11/2019 17:06
Спортс .уз энг яхши сайт барча янгиликлар хаммадан биринчи чиқади ишларинага омад чарчамейна илойим.
&
TFT
13/11/2019 22:37
Э.Ренар бошкарган жамоалар уйинларини курганмиз,уртамиена мураббий.Бемалол галаба киламиз.
Абдусамат Жураев
13/11/2019 18:15
ХАФА буманглару ортинага маглуб холда черта рейс оркали кетасила Езда АРАБИСТОНДА жуда иссик эмиш унгача масала хал булади худо хохласа дублорри юборамизок
&
Surxon turon
13/11/2019 17:18
Интизорлик билан кутаяпман ӯйинни