
Saudiya Arabistonida ishlayotgan "Tottenxem"ning sobiq ustozi yana London klubiga qaytishi mumkin. Faqat...
"Vulverxempton" va "Tottenxem"dagi faoliyati bilan tanilgan portugaliyalik mutaxassis Nuno Eshpiritu Santu yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 48 yoshli mutaxassis London klublaridan birini boshqarishi mumkin. Manbaga ko‘ra, uning xizmatlariga "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda. Boisi, “bolg‘achilar” rahbariyati Devid Moyes boshchiligidagi jamoa o‘yinidan norozi.
O‘tkazilgan 19 o‘yindan so‘ng poytaxt jamoasi 15 ochko jamg‘arib, premer-liga turnir jadvalida 18-pog‘onada bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Eshpiritu Santu ayni damda Saudiya Arabistoni chempionatida ishlamoqda. U “Al-Ittihod” bosh murabbiyi hisoblanadi.
Fikrlar