
Saudiya grandi "Liverpul" bilan kelishuvga erishdi
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi "Liverpul" bilan Darvin Nunes transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Taniqli insayder Fabritsio Romano bergan ma’lumotlarga qaraganda, ikki klub o‘rtasidagi muzokara ijobiy tarzda yakunlangan. Endilikda riyodliklar futbolchi bilan shartnoma shartlarini bo‘yicha kelishib olishi qoldi xolos.
Urugvaylik futbolchi "qizillar" safiga 2022 yilning yozida Portugaliyaning "Benfika" klubidan kelib qo‘shilgan edi. Forvard yakunlangan mavsumda Premer-ligada 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar