Saudiya klubi dunyoning eng kuchli klublaridan biri bilan raqobatlashadi

  • 7 noyabr, 2024, 20:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh kelasi yozda o‘z klubini o‘zgartirishi mumkin. Fichajes nashri xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" va Kataloniyaning "Barselona" klublari mavsumlar oralig‘ida 32 yoshli misrlik futbolchini sotib olish uchun o‘zaro kurashadi.

Qayd etilishicha, agar Saloh "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytirmasa, yuqoridagi klublar kurashga qo‘shiladi. U mersisaydliklar safida 2017 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Futbolchining APL grandi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi.

Muhammad Saloh joriy mavsum "Liverpul" tarkibida barcha turnirlarda 16 ta uchrashuvda qatnashib, 9 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 55 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!