
Saudiya klublari "Barselona" hujumchisiga qiziqish bildirishmoqda
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining bir qator klublari "Barselona" hujumchisi bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va uning atrofidagilar bilan bog‘lanib, yozda transferga tayyor yoki tayyor emasligini aniqlashgan. Uning yaqinlariga ko‘ra, Robert yaqin orada "blaugrana"ni tark etish niyatida emas.
Qayd etilishicha, jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik 36 yoshli futbolchiga ishonch bildirmoqda, ammo uni asta-sekin tarkibdan chiqarib yubormoqchi. "Barselona" Robertning xizmatidan mamnun, ammo katta taklif tushsa, uni qo‘yib yuborishga tayyor.
Polshalik futbolchi La Liganing o‘tgan mavsumida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol urgan.
Fikrlar