Saudiya Pro ligasi. Ronaldu ikkita gol urgan bahsda "An-Nasr" "Al-Hilol"dan ustun keldi

  • 05.04.2025 00:53
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Saudiya Pro ligasining 26-turidan o‘rin olgan markaziy "Al-Hilol" - "An-Nasr" bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bahsda mezbonlar 1:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Birinchi bo‘lim yakunidagi (45+4) Ali Al-Xassanning goli tanaffusga jamoasini ustunlikda olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim startida Krishtianu Ronaldu oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. 62-daqiqadagi Al-Bulayxining goli esa hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Bellashuvning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganda Dyuran penalti ishlab oldi. Ushbu vaziyatdan esa Ronaldu unumli foydalandi va ikkinchi bor ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.

  • Saudiya Arabistoni - Pro Liga
  • Joriy Mavsum
7011.png

Al Hilol

  • Ali Al-Bulayhi  62'
Tugadi
1 : 3

04.04.2025 23:00

2506.png

An Nasr

  • Ali Al-Hassan 45'
  • Cristiano Ronaldo 47'
  • Cristiano Ronaldo 88'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!