
Saudiyaliklar Mourinoga qancha maosh va’da qilyapti?
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino mavsum yakunlanishi bilan Italiya poytaxtini tark etishi kutilyapti. Klub xo‘jayinlari portugaliyalik mutaxassis bilan hamkorlikni uzaytirmaydigan bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Saudiya Arabistoni klublari, xususan, “Al-Hilol” Mourino bilan aloqaga chiqdi.
Taniqli insayder Nikolo Skira arablar portugaliyalik tajribali murabbiyga bir yillik ishi uchun 50 million evrodan maosh to‘lashga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.
“Roma” Joze Mourinoni 2021 yili yozda olib kelgandi. Uning oldiga jamoani Evropa Chempionlar ligasiga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan. Biroq hozircha Mourino bu talabni bajara olgani yo‘q.
Joriy mavsumda ham “Roma” kuchli to‘rtlikka kirish darajasida zo‘r o‘yin ko‘rsatayotgani yo‘q.m
Fikrlar