Saudiyaliklar qo‘liga o‘tgan "Nyukasl" tez orada 2 ta yirik transferni amalga oshiradi

  • 19 yanvar, 2022, 17:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Manchester Evening News tarqatgan xabariga ko‘ra, "Nyukasl" joriy qishki transfer oynasida o‘z tarkibini sezilarli darajada kuchaytirmoqchi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qarg‘alar" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingardni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Hozirda uni mavsum oxirigacha ijaraga olish ishlari boshlab yuborilgan.

Qayd etilishicha, “Nyukasl” angliyalik futbolchining maoshini 100% to‘laydi.

Shuningdek, ingliz klubi «Sevilya»ning 28 yoshli braziliyalik himoyachisi Diego Karlosning transferiga ham yaqin turgani xabar qilingan.

“Nyukasl” ayni damda APL musobaqa jadvalida 12 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!