Saudiyani to‘xtatib bo‘lmayapti, BAA esa ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

  • 16.11.2021 18:54
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

JCh-2022 saralashi Osiyo mintaqasidan o‘rin olgan ikki uchrashuv yakuniga etdi. Vetnam terma jamoasi o‘z maydonida Saudiyani qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Uchrashuvning 33-daqiqasida Saleh Ash-Shehri gol urdi va o‘yinda boshqa gol urilmadi. 

Shunday qilib, saudiyaliklar ochkolarini 16 taga etkazib oldi. Ular "B" guruhida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Hali birorta ochko to‘plamagan Vetnam so‘nggi pog‘onada joylashgan. 



Shuningdek, mazkur bahs bilan parallel tarzda Livan hamda Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yinda mehmonlar 85-daqiqada Ali Mabhut tomonidan urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi. 




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!