
Saudiyaning ikki klubi Mourinoga super maoshli shartnoma taklif qilishga tayyor
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino murabbiylik postiga qaytishi mumkin. Unga Saudiya Arabistoni chempionatining ikki grandi qiziqish bildirmoqda.
"Corriere dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, "Al-Ittihod" va "Al-Ahli" Mourino uchun kurash olib borishmoqda. Ikkala klub ham portugaliyalik mutaxassisga yiliga 50 million evro maoshli shartnoma taklif qilishga tayyor. 61 yoshli murabbiy ikki oydan beri ishsiz va uning so‘nggi klubi "Roma" bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Joze "Real", "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Tottenxem", "Inter", "Portu" kabi grandlarda ishlagan.
Fikrlar