saul alvares golovkin bilan uchinchi marta jang qilishga qiziqmoqda

  • 28 fevral, 2019, 18:27
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasining WBC va WBA chempionlik kamarlari sohibi Saul “Kanelo” Alvares may oyida bo‘lib o‘tadigan IBF kamari sohibi Denni Jeykobsga jang oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Gennadiy Golovkin bilan yana uchrashishga qiziqayotganligini aytib o‘tgan. U shuningdek, Sergey Kovalev bilan ham uchrashmoqchi.

Tecno

Biz uchinchi jangini o‘tkazishdan xursand bo‘lamiz, – deydi Alvares. – Men faoliyatim boshida aytganman: vazifam janglar o‘tkazish. Bundan muxlislar xursand bo‘ladi. Jang tashkil qilinsa, yaxshi bo‘lardi. Agar bo‘lmasa ham yo‘lda davom etamiz.

– Sergey Kovalv bilan jang tashkil qilinishi mumkin. Oldimda qiyin vazifalar turibdi. Filding bilan uchrashmagunimcha yangi vazn toifasida nimalar kutib turganini bilmagan edim, biroq hammasi joyida. Bu vazifalarni bajarishga harakat qilib ko‘raman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!