
Saul Alvares o‘zi jang qilgan eng kuchli zarbaga ega bokschi kimligini aytdi
Saul Alvares so‘nggi intervyularidan birida o‘zi jang qilgan eng kuchli zarba ega bokschi nomini aytib o‘tdi.
"Jeyms Kirkland – juda kuchli zarbaga ega edi. U elkamga musht tushirdi va men og‘riqdan hayratda qoldim. O‘shanda o‘zimga aytdim: "Jin ursin, agar shu zarba boshimga tushganda nima bo‘lardi?!" Shuning uchun darhol taktikani o‘zgartirdim va raqibni tezroq nokautga solishga qaror qildim", - dedi "Kanelo".
Eslatib o‘tamiz, meksikalik yulduz 2015 yilning may oyida Jeyms Kirkland (32-1, 28 KO) bilan to‘qnash kelgan va uchinchi raundda ajoyib nokaut bilan g‘alaba qozongandi.
Fikrlar