Saul "Kanelo" Alvares navbatdagi g‘alabasiga erishdi

  • 7 may, 2023, 09:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Bugun professional boks olamining eng mashhur vakili Saul "Kanelo" Alvares navbatdagi jangini o‘tkazdi.

U o‘rta vazn toifasida o‘ziga tegishli bo‘lgan chempionlik kamarlarini britaniyalik Jon Reyderdan himoya qildi. Jang to‘liq davom etdi va yaqqol ustunlik qilgan Alvares yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra (120-107, 118-109, 118-109) g‘alaba qozondi. Shu tariqa u faoliyatidagi 59 g‘alabasini qo‘lga kiritdi.Uning hisobida shuningdek 2 mag‘lubiyat va 2 durang ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!