
Sehrgar-gedonist: Ronaldinoning barcha davrlarning eng iste’dodli futbolchisi bo‘lishdan jinoyachilikkacha bo‘lgan yo‘li. U hozir Paragvaydagi qamoqda.
Ronaldino haqida gapirganda oddiy so‘zlardan foydalanib bo‘lmaydi. U futbol muxlislarining qalbidan chuqur o‘rin egallagan. Ronaldino to‘p bilan mo‘jizalar ko‘rsatar edi. U futbolni hech qachon birinchi o‘ringa qo‘ymagan. Aks holda uning gegemonligi ikki yo uch yildan ortiqroq bo‘lardi. Braziliyalik futbolchi Kataloniyaga keldi. Laporta futbolchini “PSJ” jamoasidan sotib oldi.
“Barselona”da avlodlar almashinuvi yuz berayotgandi. O‘zining tabassumi va mo‘jizalari bilan Ronaldino tezda muxlislar e’tiboriga tushdi. Debyut o‘yini umuman esdan chiqmaydigan bo‘ldi. Uning “ko‘k-anorrang” libosdagi ilk o‘yini “Gaspacho tuni” nomi bilan “Barsa” tarixiga kirgandi. Juda kech o‘tkazilgan o‘yinda (1:05) 80000 ming muxlis ertalabgacha jamoani qo‘llab-quvvatlagan. O‘sha o‘yinda Ronaldino ajoyib gol urgandi. Hisob durrang (1:1) bo‘lishiga qaramasdan muxlislar jamoaga mo‘jizaviy futbolchi kelganini his etishdi.
Ilk mavsumda futbolchining maydon tashqarisidagi ishlari jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. Ronaldino eng yaxshi futbolchi edi, shuning uchun rahbariyat uning bu qiliqlariga ko‘z yuma boshlashdi. 2006 yilda braziliyalik sehrgar “Barsa”ning Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishiga yordam berdi. Shuning uchun maydon tashqarisidagi holatlar borasida rahbariyat unga indamasdi. Asta-sekin futbolchining tonggacha klublarda qolib ketishi, baykerlar poygalarida qatnashishi barchani jahlini chiqara boshladi. Gvardiola u bilan bu borada kelishishni istamadi. Aynan Pep Ronaldinoni tanqid qilishni boshlab bergandi. Buyoqda Messi porlab chiqayotgandi. Gvardiola Ronaldinodan voz kechishni afzal ko‘rdi.
“Barselona”dan ketish Ronaldino uchun o‘z qadr-qimmati haqida o‘ylab ko‘rishga yaxshi sabab edi. Ronaldino pulni ortidan quvmaydigan futbolchilardan biri bo‘lgan. Ziyofatlar bir necha kunga cho‘zilsa ham, doimo maydonga qaytganida natija ko‘rsata olardi. Ammo mana shu tantanalar futbolchini asta-sekin emirib borardi. Bir kuni Ronning yaqin do‘sti yangi yil bayramida uni ko‘rgani tashrif buyurganda, uyda yolg‘iz o‘tirganini ko‘rganini aytgandi. Hattoki, qarindoshlari ham Ronaldinoning yonida emasdi. Endi u futbolda ham stabil o‘yin ko‘rsatmayotgandi. Ammo futbolni butunlay tashlab ham qo‘ymadi. “Milan” muxlislari “Inter” bilan o‘yindan bir necha kun oldin Ronaldinoni tungi klubdan olib chiqishgan edi. Ronni oyoqda tura olmas edi. Milan derbisida esa “Inter” g‘alaba qozondi. Mana shu narsa “Rossonerilar”ni judayam jahlini chiqardi.
“Barselona” rahbariyati futbolchini elchi lavozimiga taklif qildi. O‘z taqdimotiga tashrif buyurishni o‘rniga Ronaldino Kasteldefelsdagi plyajlardan birida muxlislari bilan to‘p tepib yurgandi. Bu uchun futbolchi jarimaga tortildi.
Hozirda esa Ronaldino va uning akasi Paragvaydagi qamoqxonada jazo muddatni o‘tashyapti. Aka-ukalar soxta pasport bilan Braziliyaga qo‘shni bo‘lgan mamlakatga o‘tishga urinishgan. Sud jarayonlari davom etyapti, futbolchini esa 6 oyga ozodlikdan mahrum etishdi. Super yulduz narkodillerlar va korruptsiya bilan qamalgan siyosatchilar orasida. Futbolchi qamoqda ham tabassum bilan mo‘jizaviy o‘yinini ko‘rsatib, to‘p tepib yuribdi.
Fikrlar