Selektsiyada faollik ko‘rsatayotgan "Dinamo" yana bir transferni e’lon qildi

  • 28 yanvar, 2022, 18:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligaga qaytgan “Dinamo” klubi hamon selektsiyadagi faolligini namoyish etyapti. Klub safiga qo‘shilayotgan yangi futbolchilar soni ortib bormoqda. Bugun ham “Dinamo” yana bir transferni e’lon qildi.

Tecno

“Dinamo” matbuot xizmatining yozishicha, klub murabbiylar shtabi taklifiga ko‘ra, samarqandliklar safiga “Turon” yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarov kelib qo‘shildi. 26 yoshli futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzolandi.

Muzaffarov

Ma’lumot uchun, Muzaffar Muzaffarov faoliyati davomida Superligada “Neftchi” (2014, 2017), “So‘g‘diyona” (2015, 2016), AGMK (2018), “Metallurg” (2019), “Qo‘qon-1912” (2020) va “Turon” (2021) klublari sharafini himoya qilgan. Xususan, o‘tgan mavsum “Turon” safida 23 o‘yinda 2 ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!