
Sen “Real”da yana bir yil o‘ynaysan!
“Real” mutasaddilari 36 yoshli pleymeyker Luka Modrichga yana bir yillik shartnoma beradigan bo‘ldi.
Aslida xorvatiyalik futbolchiga o‘tgan yili ham bir mavsumga mo‘ljallangan bitim taklif qilingandi. Yoshi o‘tib borayotganiga qaramay, sport formasini yuqori darajada saqlab turgan Modrichning o‘yini klub rahbariyatiga juda ma’qul kelmoqda.
Luka Modrich “Real”da o‘n yildan beri o‘ynab kelmoqda. Bu mavsum 42 marotaba maydonga tushgan yarim himoyachi uchta gol va 12 ta assist qayd etdi.
Modrichning o‘zi uzoq davom etgan faoliyatini Madrid klubida yakunlashni orzu qilayotganini aytib o‘tgan.
Luka faoliyati davomida “Dinamo Zagreb” va “Tottenxem”da ham to‘p tepgan.
Fikrlar