Senchenko: "U AQShlik bo‘lsa-da, meksikaliklarga xos boks tushadi"

  • 15.06.2024 11:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Sobiq jahon chempioni, hozirda murabbiy Vyacheslav Senchenko Aleksandr Gvozdik (20-1, 16 KO) va Devid Benavides (28-0, 24 KO) o‘rtasidagi jang haqida gapirdi.

 "Garchi Gvozdikni qo‘llab-quvvatlasam ham, Benavidesning ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonishiga ishonaman. Men Benavidesni birinchi marta trenajyor zalida Freddi Rouch bilan birga ko‘rganman, u o‘shanda bu yigit iqtidorli va jahon chempioni bo‘lishini aytgan edi. Benavides AQSh vakili bo‘lsa-da, meksikacha uslubga ega, blok orqali ko‘p ishlaydi, ketma-ket va kuchli zarbalar beradi. Bu bahs raqobatbardosh bo‘lishi aniq”, — dedi Senchenko.

Eslatib o‘tamiz, Gvozdik va Benavides jangi 16 iyunga o‘tar kechasi Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!