Sendan “Real” o‘ynatmagan o‘yinchi yaxshi! Manchesterliklar “Real” bilan futbolchi almashadi
“Manchester Yunayted” rahbariyati qishki transferlar davrida bir harakat bilan ikki jamoaning bosh og‘rig‘ini hal qilishga urinib ko‘radi.
Gap shundaki, Ruben Amorim klub tarbiyalanuvchisi Kobbi Maynuga etarli darajada o‘yin amaliyoti bermayapi. “Real”da esa, braziliyalik hujumchi Endrikni Xabi Alonso biror marotaba maydonga tushirgani yo‘q. Har ikki yosh futbolchi jamoadagi holatdan norozi.
Defensa Central jurnalistlarining yozishicha, manchesterliklar yanvarda “Qirollik klubi”ga o‘zaro o‘yinchi almashishni taklif qilmoqchi. Ular ikki tomonlama ijara shartnomasi asosida Maynuni Madridga jo‘natib, o‘zlari “Real”dan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Endrikni Manchesterga olib kelishni mo‘ljallagan.
Transferlar bo‘yicha ekspertlarning ta’kidlashicha, bu rokirovkani amalga oshirish deyarli imkonsiz. Birinchidan, “Qirollik klubi” Endrikni Frantsiya chempionatida ishtirok etayotgan “Lion”ga ijaraga beradigan bo‘lyapti. Lionliklar ham braziliyalik o‘yinchiga eshik ochishga tayyor.
Ikkinchidan “Manchester Yunayted” taklif qilayotgan Kobbi Maynu “Real” darajasidagi o‘yinchi emas va madridliklarning e’tiborini tortgani yo‘q.



Fikrlar