Senegal durang o‘ynadi. Nigeriya esa Italiyani taslim qildi

  • 25 may, 2023, 03:29
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

U-20 Jahon chempionatining 2-tur bahslari davom etadi. Ushbu turdan o‘rin olgan ikkita uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. 

Tecno

Senegal - Isroil o‘yini 1:1 hisobi bilan tugadi. 58-daqiqada Ndiaye o‘z darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 80-daqiqada Diop jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. 

Shu tariqa, terma jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi va "C" guruhida Senegal 4-o‘rin, Isroil esa 3-pog‘onaga joylashdi. 

Keyingi uchrashuv Italiya-Nigeriya to‘qnashuvida afrikaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

61-daqiqada Fago hisobni ochdi va so‘nggi daqiqalarda Sunday oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 

Mazkur mag‘lubiyatdan keyin Italiya 3-o‘ringa tushib ketdi. Nigeriya peshqadamga aylanib oldi. Shu bilan birgalikda, pley-offga ham yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!