Senegal terma jamoasi to‘rttinchi bor mundial yo‘llamasiga ega chiqdi
Senegal shu vaqtdagacha 3 marta Jahon chempionatida qatnashishgan. Keling, Senegal terma jamoasining ishtiroklariga bir nazar tashlaymiz.
Birinchi bor senegaliklar 2002 yilda Janubiy Korea va Yaponiyada bo‘lib o‘tgan mundialda debyut kilishadi va u erda sensatsiyon tarzda chorak finalgacha chiqib, Turkiyadan kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan xolda ishtirokini yakunlashgan.
Oradan 16 yil o‘tgandan so‘ng ular ikkinchi bor JCh yo‘llamasiga ega chiqishadi. Rossiyada bo‘lib o‘tgan turnirda Sisse shogirdlari guruh bosqichining o‘zidayoq turnir bilan xayrlashishadi.

Oxirgi 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan JChda Senegal terma jamoasi nimchorak finalda 1 karra Jahon chempioni bo‘lgan Angliyadan 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, o‘z yurishlarini to‘xtatishgan.
Fikrlar