Senlar ham etakchimisan? Saloh va van Deyk tanqid ostida qoldi
“Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ueyn Runi Premer-liganing amaldagi chempioni “Liverpul” yulduzlari Virjil van Deyk va Muhammad Salohni tanqid qildi.
Gap shundaki, liverpulliklar Premer-ligada oxirgi to‘rtta uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. Jamoa yulduzlarga to‘lib-toshgani bilan inqirozdan chiqa olmayapti.
- Hozir bosh murabbiy va jamoa etakchilari juda tez qarorga keladigan payt. Yaqinda shartnomalari uzaytirilgan Virjil van Deyk ham, Muhammad Saloh ham bu mavsumda jamoaga liderlik qila olmayapti.
Bu ikkisi jamoaning eng zo‘r futbolchilari, ularning o‘yini o‘xshama, butun barcha o‘yinchilarga ta’sir o‘tkazadi. Balki men adashayotgandirman, ammo “Liverpul” murabbiyi yoki muxlisi bo‘lganimda ularning etakchilik qila olmayotgani meni xavotirgan solgan bo‘lardi, - dedi Ueyn Runi.
Amaldagi chempion ayni paytda 15 ochko bilan musobaqa jadvalining ettinchi pog‘onasiga tushib qolgan. Arne Slot anchadan beri jamoaning bo‘sh o‘yinini o‘nglay olmayapti.



Fikrlar