
Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi: Ukrainadan uchralgan mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olaman
Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mladen Krstaich kecha Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Ukrainaga qarshi o‘yinda 5:0 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ukraina terma jamoasini haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Albatta menga natija yoqmayapti.
Bugun ukrainaliklar kuchliroq edi. Ular bizdan yaxshiroq edi. Dastlabki ikkita gol esa hal qiluvchi bo‘ldi. Mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olaman. Hozir bizga qiyin, lekin, hayot davom etadi. Endi imkon qadar tezroq tiklanib, bor e’tiborimizni o‘z maydonimizda Litvaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinga qaratishimiz kerak”, - deydi Krstaich.
Fikrlar