
Sergeev “Zenit”ga o‘tyapti
Rossiya chempioni – “Zenit” klubi “Krilya Sovetov” hujumchisi Ivan Sergeev bilan kelishuvga jrishdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, piterliklar 26 yoshli futbolchi bilan uch yillik shartnoma tuzadi. Transfer uch kun ichida amalga oshishi haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Ivan Sergeev “Krilya Sovetov” jamoasi safida barcha turnirlarda 20 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga sakkizta gol va oltita golli pas yozdirib qo‘ydi.
Bu hujumchi ilgari Rossiya chempionatining quyi ligasi – Milliy futbol ligasida to‘p tepgan. O‘tgan yili ushbu turnirda “Krilya Sovetov” jamoasi safida 39 ta uchrashuvda 40 ta to‘p kiritganidan keyin futbol jamoatchiligi e’tiboriga tushdi.
Fikrlar