Sergey Arslonov: "To‘g‘risi, ko‘pchilik "Surxon"dan bunday natijalarni kutmagandi"

  • 24 noyabr, 2023, 21:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Surxon” – “Paxtakor” (1:2) uchrashuvidan so‘ng termizliklar bosh murabbiyi Sergey Arslonov matbuot anjumanida qatnashdi.

Tecno

- Dastlab “Paxtakor” jamoasini navbatdagi chempionligi bilan tabriklayman. O‘yin haqida nima deyishim mumkin? “Paxtakor”ni bugungi jangovar harakatiga, kuchli o‘yiniga qarshi turish ancha qiyin bo‘ldi, ayniqsa, birinchi taymda. Yigitlar ikki to‘p farqi bilan ortda qolayotganlarida ham qo‘llarini pastga tushirmadilar va astoydil harakat qilishdi. Ular o‘yinni saqlab qolishga jon-jahdlari bilan kurashishdi va hatto bir bor gol ham urdilar. Vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilishgan bo‘lsa-da, ammo bunga imkon bo‘lmadi. Futbolchilarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman va shu o‘rinda ishqibozlarimizga ham alohida rahmat. Afsuski, bugun ularga xursandchilik ulasha olmadik.

- Keyingi, oxirgi o‘yin haqida nima deya olasiz? Bu 6-o‘rin masalasini hal qiladi. “So‘g‘diyona”ga qarshi bahs oldidan fikringiz qanday?

- Ha, biz vaziyatni tushunib turibmiz. Chempionatimizdagi har bir uchrashuv va tur juda qiziqarli davom etyapti. Shunday bo‘lsa-da, maqsadimiz bitta: keyingi uchrashuvda g‘alaba qozonish. Qo‘limizdan kelganicha 6-o‘rinni egallashga harakat qilamiz va bor kuchimizni ishga solamiz.

- “Surxon” mavsumni qanday o‘tkazdi, deb o‘ylaysiz?

- Yaxshi, o‘rinli va shuningdek qiyin savol. Oldimizda yana bitta o‘yin borligi sababli bu haqida fikr bildirishim qiyinroq. To‘g‘risi, ko‘pchilik “Surxon”dan bunday natijalarni kutmagandi. Qo‘limizdan kelganicha yuqori o‘rinlardan birini egallashga harakat qilyapmiz. Jamoamiz hali yosh. Mavsum tugaganidan so‘ng to‘liq taassurotlarim haqida aytishim mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!