Sergey Kovalev: Menga Abror Tursunpo‘latov bilan ishlash yoqadi

  • 3 mart, 2018, 11:49
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyalik bokschi Sergey Kovalev (31-2-1, 27 KO) hamyurti Igor Mixalkin (21-1-0, 9 KO) bilan bo‘ladigan chempionlik jangiga tayyorgarliklar haqida gapirib o‘tdi. U shuningdek, hozirgi murabbiyi o‘zbekistonlik Abror Tursunpo‘latov va sobiq ustozi Jon Devid Jeksonning faoliyatidagi ishlarini taqqoslab o‘tdi.

Tecno

Qanday qilib Jon Devid Jekson 2013 yil hamkorlikni boshlaganimizdan xursand bo‘lmagan. Buni intervyuda eshitib, o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Umuman u o‘shanda nima uchun ishlagan. Boshqa tomondan u ishlamagan. Qachonki, sportchi sen uchun barchasini bajarsayu, sen dam olib pul olib, nom va obro‘ orttirsang yaxshida. Bu vaziyatda men edim o‘sha. U murabbiy bo‘lmagan. U shunchaki “tutqich” vazifasini bajargan. Menga u bilan aloqalarni uzish uchun jur’at etishmagan. O‘sha vaqtda uning o‘rnini bosadigan o‘rinbosar ko‘rmaganman. Biroq baribir muvaffaqiyatga erishyapman. U yonimda bo‘lsa ham, – deydi Kovalev “Sovetskiy sport” nashriga bergan intervyusida.


Sergey Kovalev vs Igor Mixalkin

> Abror Tursunpo‘latov: Kovalev yaxshi tayyorgarlik ko‘rsa, har qanday raqibni mag‘lub qiladi

U shuningdek, o‘zbekistonlik Abror Tursunpo‘latov bilan ishlash yoqayotganini ham alohida ta’kidlab o‘tgan.

Menda tayyorgarlikning ikkita bosqichi bor. Oldiniga umumiy jismoniy tayyorgarlikni o‘tayman. Birinchi bosqichda menga biatlon bo‘yicha murabbiy Aleksandr Mixalich Sedov yordam berdi. Agar menda qandaydir rejim buzilishi kuzatilsa, men unga yozaman yoki bog‘lanaman. U organizmni normaga tushirishadi. U ajoyib biatlon murabbiyi, boksga kirishga harakat qilmaydi. Menga boks ko‘nikmalarni egallashga joy beradi.

– Tursunpo‘latov bilan ishlash jarayonida o‘zingizda qanday o‘zgarishlarni sezdingiz?

To‘g‘risi, hech qanday o‘zgarish yo‘q, bo‘lmaydi ham. Bu eski sobiq Ittifoq boks maktabi. U menga boshlagan narsalarni bermoqda. Men uchta chempionlik kamarini qo‘lga kiritganman va 11 yoshdan 26 yoshgacha havaskorlar boksida bo‘lib, Andre Uord bilan urushishgacha etib kelganman. Muvaffaqiyatga erishganman, biroq menga yana oldinga yurish uchun yordam kerak. Yolg‘iz qiyin.

– Menga Abror bilan ishlash yoqadi. U nima kerakligini biladi va buni tushuntirib bera oladi. U his qiladi, ko‘radi, to‘g‘rilaydi. Agar men tez ishlasam, kamaytirishni so‘raydi va kuchga ishlaydi. Shuning uchun u bilan ishlash juda qulay. Biz bir-birimizni yarim so‘zda tushunamiz va bitta tilda muloqot qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, Kovalev va Mixalkin jangi Nyu-Yorkda (3 mart kuni) Toshkent vaqti bilan 4  mart kuni soat 08:10da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!