Sergey Kovalyov AQShlik modelni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda... U kim edi?

  • 16 yanvar, 2020, 15:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

AQShlik model Jeymi Fronts moliyaviy kelishuv shartlarini bajarmaganligi uchun rossiyalik bokschi Sergey Kovalyovni yana bir bor sudga berdi .

Dastlabki sud qaroriga muvofiq Kovalyov 650 ming dollar to‘lab berishga va’da bergan, ammo bokschi 250 ming dollar boshlang‘ich badaldan so‘ng to‘lovni to‘la to‘xtatgan.

Endi esa Fronts Kovalyovga qarshi 8 million dollar miqdorida da’vo qo‘zg‘adi. Jeymi 2018 yil iyun oyida Big-Ber-Leykda (Kaliforniya) jinsiy aloqada bo‘lishdan bosh tortgani uchun Kovalyov uni kaltaklaganlikda aybladi.

Modelning xabar berishicha, bokschi uning burnini sindirib tashlagan. Qolaversa, unga miya chayqalishi va yana bir qator shunga o‘xshash tashxislar qo‘yilganligini aytmoqda. Shuningdek, sobiq jahon chempioni itini tepganini ham aytdi. Ushbu ish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda. Agar, Kovalyovning aybi isbotlansa, u to‘rt yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!