
Sergey Kovalyov: "Boksni davom ettiraman, chunki mablag‘ kerak"
WBO yo‘nalishi chempioni Sergey Kovalyov "SE" ga bergan intervyusida u pul uchun boksni davom ettirayotganini tan oldi. Bundan tashqari, u hali oila uchinchi farzandga tayyor emasligini ham qo‘shimcha qildi.
“Men hozir nima uchun yashayotganimni tushunaman, rafiqamga ikkita farzandni dunyoga keltirib berganiga tashakkur - deb javob berdi Kovalyov.
-Uchinchisi? Yo‘q, xozir bu variant emas. Agar shunday bo‘lsa, qolgan narsalarga umuman vaqt qolmaydi. Farzandi borlar buni tushunishadi. Xudo ko‘rsatmasin, agar men bilan nimadur sodir bo‘lsa, oilam yo‘qolib qolmaydi. Mening rejalarim hali ko‘p va ko‘p narsalarni qamrab olish uchun boks tushishni davom ettiraman, shuning uchun mablag‘ kerak”,- deya ta’kidlab o‘tgan.
Fikrlar