Sergey Kovalyov: Entoni Yard ustidan munosib g‘alaba qozonish kerak

  • 13 avgust, 2019, 14:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

WBO yarim vazn toifasida chempioni Sergey Kovalyov 24 avgust Chelyabinskda bo‘lib o‘tadigan Entoni Yard bilan bo‘lib o‘tadigan jangni orziqib kutayotganligini bildirdi...

"Men jahon chempioni maqomini tasdiqlamoqchiman. Shunchaki emas, balki munosib, ajoyib tarzda g‘alaba qozonish kerak. Vatandoshlarim shunday jangni ko‘rishni istaydilar. Qolaversa, Chelyabinsk farzandi sifatida bu jangimni hamshaxarlarim uzoq yillar davomida eslab yurishlarini xoxlardim.

Uyda jang qilish  matbuot tomonidan o‘ziga yarasha bosim tug‘diradi. Qolaversa, bu qo‘shimcha ma’suliyat ham yuklaydi. Birinchi navbatda men o‘zim bilan ruxiy tomonlama kurashishim kerak”

Eslatib o‘tamiz: Sergey Kovalyov o‘z vaqtida hamyurtimiz Abror Tursunpo‘latov qo‘l ostida ham mashg‘ulotlar olib borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!