Sergey Kucherenko: Berdievni ishdan olish rejamizda yo‘q

  • 2 oktabr, 2018, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha joriy mavsumda o‘z tarixidagi eng yomon natijalardan birini qayd etib kelayotgan Qarshining “Nasaf” klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berishi, aniqrog‘i, bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiev o‘z lavozimidan ozod etilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Tecno

Ushbu xabar saytimizda chop etilganidan so‘ng bu borada yanada aniqlik kiritish maqsadida muxbirimiz shahsan “ajdarlar” bosh menejeri Sergey Kucherenko bilan bog‘landi. U esa Berdievni ishdan bo‘shatish uning rejasida yo‘qligi va agar shunday qilishga to‘g‘ri kelib qolsa buni jamoaning bosh homiysi hisoblangan “Sho‘rtan gaz kimyo” zavodi bosh direktori bilan maslahatlashgan holda amalga oshirilishi haqida aytgan.

Shuningdek Kucherenko "Nasaf"dagi vaziyatni o‘nglashga harakat qilinayotgani haqida ham gapirgan.

Eslatib o‘tamiz, dastavval bugun “Qizilqum”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs Berdievga so‘nggi imkoniyat bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!